Buyuk Britaniyada böron va suv toşqini: 2 kişi halok böldi

Olam

−

image

Buyuk Britaniyada “Boelo” böroni oqibatida ikki kişi halok böldi, 90 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 25 oktyabr kuni London şimolidagi Finçli hududida harakatlanayotgan avtomobil ustiga daraxt qulagan. Oqibatda 20 yoşlardagi haydovçi voqea joyida vafot etgan. Bundan bir neça soat oldin Şotlandiyaning Damfris-end-Gellouey hududida 60 yoşli erkakning ustiga ham daraxt qulab, u halok bölgan.

Şuningdek, Şotlandiyaning Aberfeldi hududida daraxt qulaş oqibatida ikki ayol jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumotlarga köra, 25 oktyabr kuni soat 19:00 holatida mamlakat böylab 90 mingdan ortiq xonadon elektrsiz qolgan. Qutqaruv va ta’mirlaş işlariga kuçli şamol hamda xavfli ob-havo şaroiti tösqinlik qilgan.

Böron vaqtida şamol tezligi Şotlandiyaning Maxrixeniş hududida soatiga 137 kilometrga, Stornovey va Uelsning Kapel-Kurig hududlarida esa soatiga 135 kilometrga yetgan. Kuçli yoğingarçilik ham kuzatilib, Şotlandiya toğli hududlaridagi ayrim joylarda 130 millimetrgaça yomğir yoqqan.

Noqulay ob-havo suv toşqinlariga ham sabab bölgan. Şotlandiyaning Largs şahrida bir qator savdo şoxobçalarini suv bosgan, Skelmorli va Largs örtasidagi asosiy yöl jiddiy zarar körgan. Dambarton şahridagi mobil telefonlar dökoniga ham suv kirgan. Uning egasi yetkazilgan zararni 5 mingdan 10 ming funt sterlinggaça baholagan.

Böron sabab mamlakat böylab transport qatnovi ham izdan çiqqan. Ayrim aviareyslar bekor qilingan, paromlar qatnovi çeklangan, poyezdlar harakatida uzilişlar kuzatilgan. Şotlandiya politsiyasi fuqarolarni zarurat bölmasa, yölga çiqmaslikka çaqirgan.

Ma’lumot uçun, “Boelo” böronidan oldin, joriy yilning 23 oktyabr kuni Buyuk Britaniyada “Austen” böroni ham kuzatilgan. Energetika tarmoqlari assotsiatsiyasi ma’lumotiga köra, ikki böron oqibatida mamlakat böylab jami 838,7 mingta xonadonda elektr ta’minoti uzilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tayvan qirğoqlaridan ötgan “Çampi” tayfuni oqibatida bir kişi halok böldi, 527 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing