Darig‘a Nazarboyeva nega ko‘rinmay qolgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
01 fevral 2022
15478Avvalroq, Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi yig‘ilishida mamlakat Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi, deputat Darig‘a Nazarboyeva ishtirok etmagani haqida xabar bergan edik. Uning yordamchisiga ko‘ra, ayni vaqtda Darig‘a Nazarboyeva maoshsiz ta’tilda. Bu haqda “Zakon” nashri ma’lum qildi.
“Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majlisi deputati Darig‘a Nazarboyeva hamon maoshsiz ta’tilda. Hozir u Nur-Sultonda va koronavirus infeksiyasidan keyin reabilitatsiyani davom ettirmoqda”, degan deputatning yordamchisi Janna Ermekova.
Ma’lumot uchun, Majlisning joriy yilning 11 yanvar kuni o‘tkazilgan yalpi majlisida ham deputat Darig‘a Nazarboyeva ko‘rinish bermagan edi. Quyi palata uni betobligi sabab parlament yalpi majlisida ishtirok etmaganini aytgan. Oradan biroz vaqt o‘tib Nazarboyevaning yordamchisi uning koronavirusga chalingani ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, Darig‘a Nazarboyeva 2019 yilda otasi Prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.
LiveBarchasi