Darig‘a Nazarboyeva koronavirusga chalindi
Olam
−
12 yanvar 2022
8344Avvalroq, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi, deputat Darig‘a Nazarboyeva betobligi haqida xabar bergan edik. Nazarboyevaning yordamchisi uning qanday kasallikka chalinganiga aniqlik kiritdi.
Qayd etilishicha, Elboshining qizi koronavirusni boshdan kechirmoqda.
“Deputat kasallik ta’tilida. Unda koronavirus uchun PZR test natijasi musbat chiqdi. U ayni vaqtda Qozog‘istonda”, deydi Nazarboyevaning yordamchisi.
Darig‘a Nazarboyeva mamlakatdagi talato‘plar boshlangandan buyon umuman ko‘rinish bermadi. Sobiq Prezident va uning oila a’zolari Qozog‘istondaligi bo‘yicha shubhalar hamon o‘z kuchida.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda joriy yilning ilk kunlaridan boshlangan namoyishlardan so‘ng, mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini Prezident To‘qayevga topshirdi. Qozog‘istonda vaziyat o‘nglanmaguncha Nazarboyev haqida OAV miq etmadi. Hatto, uning oila a’zolari bilan mamlakatni tark etgani haqida xabarlar tarqaldi. 8 yanvarga kelib, Elboshining Matbuot kotibi Aydos Ukibay Nazarboyevning poytaxt Nur-Sultonda ekanini ma’lum qildi. Bu orada esa Elboshining Olmaotadagi sobiq saroyi kuli ko‘kka sovurildi. Haykallarini qo‘porib tashlandi.
Necha kundirki Darig‘a Nazarboyeva ham ommaga ko‘rinish bermay kelyapti.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, Darig‘a Nazarboyeva 2019 yilda otasi Prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.
LiveBarchasi