Darig‘a Nazarboyevaning betobligi xabar qilindi
Olam
−
12 yanvar 2022
12628Avvalroq, Qozog‘iston jurnalistlari Birinchi Prezident – Elboshi Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyevani qidirayotgani haqida xabar bergan edik. U parlament yalpi majlisida ishtirok etmayapti.
Kecha, 11 yanvar kuni ish boshlagan navbatdagi yalpi majlisda deputat Darig‘a Nazarboyeva ko‘rinish bermagan.
Quyi palatadan ma’lum qilishlaricha, Darig‘a Nazarboyeva betobligi sabab parlament yalpi majlisida ishtirok etmayapti.
“U kasallik ta’tilida”, deydi quyi palata vakili.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda joriy yilning ilk kunlaridan boshlangan namoyishlardan so‘ng, mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini Prezident To‘qayevga topshirdi. Qozog‘istonda vaziyat o‘nglanmaguncha Nazarboyev haqida OAV miq etmadi. Hatto, uning oila a’zolari bilan mamlakatni tark etgani haqida xabarlar tarqaldi. 8 yanvarga kelib, Elboshining Matbuot kotibi Aydos Ukibay Nazarboyevning poytaxt Nur-Sultonda ekanini ma’lum qildi. Bu orada esa Elboshining Olmaotadagi sobiq saroyi kuli ko‘kka sovurildi. Haykallarini qo‘porib tashlandi.
Necha kundirki Darig‘a Nazarboyeva ham ommaga ko‘rinish bermay kelyapti.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, Darig‘a Nazarboyeva 2019 yilda otasi Prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.
LiveBarchasi