“Qozoq malikasi” yana parlament majlisiga kelmadi. U Dubaydaligi taxmin qilinmoqda

Olam

image

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi – Majlisning bugun, 1 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida mamlakat Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi deputat Darig‘a Nazarboyeva ishtirok etmadi. Bu haqda “ORDA” nashri ma’lum qildi.

“Darig‘a Nazarboyeva parlament majlislar zalida yo‘q”, deyiladi xabarda.

Siyosatshunos Yerbol Yedilov parlament deputati Darig‘a Nazarboyeva Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ekanligini aytmoqda. 

“Ba’zi manbalarga ko‘ra, parlament deputati Darig‘a Nazarboyeva BAAning Dubay shahrida”, deydi siyosatshunos.

Qayd etilishicha, bugungi majlisda Qozog‘iston parlamenti (parlament quyi palatasi) raisi Nurlan Nig‘matulin o‘z vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida ariza bergan. Parlament quyi palatasi deputatining bo‘sh turgan mandati Prezident ma’muriyati rahbari Yerlan Koshanovga o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, Majlisning joriy yilning 11 yanvar kuni o‘tkazilgan yalpi majlisida ham deputat Darig‘a Nazarboyeva ko‘rinish bermagan edi. Quyi palata uni betobligi sabab parlament yalpi majlisida ishtirok etmaganini aytgan. Oradan biroz vaqt o‘tib Nazarboyevaning yordamchisi uning koronavirusga chalingani ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Darig‘a Nazarboyeva 2019 yilda otasi Prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing