Daniya F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga qachon yuborishini ma’lum qildi
Olam
−
22 fevral 2024 8603 1 daqiqa
Daniya Ukrainaga birinchi F-16 qiruvchi samolyotlarini joriy yilning yozida topshirmoqchi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi bayonot berdi.
“Daniyaning birinchi F-16 jangovar samolyoti shu yilning yozida Ukrainaga topshirilishi kutilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Qayd etilishicha, birinchi F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirishning aniq muddati ukrainalik uchuvchilarning to‘liq tayyorgarligi va mamlakatda zarur yordamchi xodimlar hamda tegishli logistika va infratuzilmaning mavjudligiga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlarini qachon qabul qilishini aniq bilmasligini aytgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust