Daniele De Rossi “Jenoa” bosh murabbiyi etib tayinlandi
Sport
−
06 noyabr 2025 1099 2 daqiqa
A Seriya klubi “Jenoa” Patrik Viyeyrani iste’fosidan so‘ng, uning o‘rniga Daniele De Rossini bosh murabbiy etib tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Jenoa” jamoasi Daniele De Rossi asosiy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qiladi. Yangi murabbiy allaqachon futbolchilar bilan uchrashdi. De Rossi navbatdagi mashg‘ulotlarda jamoaga boshchilik qiladi”, deyiladi klub bayonotida.
42 yoshli De Rossi “Roma”da futbolchi sifatida yigirma yilga yaqin faoliyat yuritgan. U 2024 yil yanvar oyida Joze Mourinyu ishdan bo‘shatilgach, poytaxt klubida bosh murabbiy sifatida ish boshlagan. “Roma”ni A Seriyada oltinchi o‘ringa va Evropa ligasi yarim finaliga olib chiqqan va shartnomasi 2027 yilgacha uzaytirilgan, biroq De Rossi sentyabr oyida yangi mavsumni g‘alabasiz boshlagani uchun iste’foga chiqarildi edi.
De Rossining “Jenoa” bosh murabbiyi sifatidagi debyut uchrashuvi joriy yilning 9 noyabr kuni A Seriya doirasida “Fiorentina”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Jenoa” ning sobiq murabbiyi Patrik Viyeyra joriy mavsumda jamoani 3 ta durang va 6 ta mag‘lubiyat bilan turnir jadvalining eng pastki pog‘onasiga olib kelganidan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning boshqa bir jamoasi “Yuventus” klubi jamoaga yangi bosh murabbiy sifatida Luchano Spalletti tayinlanganini e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025