Shevchenko Italiya klubidan iste’foga chiqarildi
Sport
−
15 yanvar 2022
3267Italiyaning “Jenoa” klubi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko istefoga chiqarildi, Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ukrainalik mutaxassis 2021 yilning 7 noyabr kuni jamoa boshqaruviga kelgan va faqatgina bitta g‘alaba qayd etdi.
Avvalroq, “Jenoa” bosh murabbiyligiga nomzodlar ilgari jamoani boshqargan va shartnomasi tugamagan Davide Balardini va Rolando Maran ekanligi malum bo‘lgandi. Shevchenkoning o‘rniga bosh murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Shevchenko 2021 yilning noyabrida “Jenoa” murbbiyi etib tayinlangan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Genuyaliklar Shevchenko boshchiligida Italiya chempionatida to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, uch bor durang o‘ynadi va olti marta mag‘lubiyatga uchradi. U bosh murabbiy sifatidagi so‘nggi bahsda Italiya kubogi doirasida “Milan”ga mag‘lub bo‘ldi – 1:3.
LiveBarchasi