Italiya klubi Eldor Shomurodov uchun “Bunyodkor”ga kompensatsiya to‘laydi

Sport

image

Italiyaning “Jenoa” futbol klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov uchun kompensatsiya to‘lab berishi kerak bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi Axborot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, FIFA’ning qaroriga ko‘ra, “grifon”lar 45 kun ichida Shomurodov uchun “Bunyodkor” klubiga mashg‘ulot kompensatsiyasi to‘lab berishi kerak. 

Ma’lumot uchun, Eldor 2015-2017 yillarda O‘zbekistonning “Bunyodkor” klubida to‘p surgan. Keyinchalik futbolchi uch yil ruslar bilan “Rostov” sharafini himoya qilib, 2020 yilda genuyaliklar tarkibiga borib qo‘shilgan.

Shuningdek, Shomurodov “Jenoa”dagi bir yillik faoliyatidan so‘ng “Roma” va 2022/2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida “Spetsiya” klubida to‘p surdi. Mavsum yakunida esa sportchi yana Rimga qaytadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eldor Shomurodov Jenoa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing