Italiya A seriyasiga bugun start beriladi. Shomurodov jamoasi ilk turda kim qarshi o‘ynaydi?
Sport
−
21 avgust 2021 10848 1 daqiqa
Bugun, 21 avgust kuni Italiya A seriyasining yangi mavsumiga start beriladi.
O‘tgan mavsum chempioni Milanning “Inter” klubi o‘z maydonida Genuyaning “Jenoa”sini qabul qiladi. Uchrashuv toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Shuningdek, Bergamoning “Atalanta” jamoasi Turinda “Torino” mehmoni bo‘ladi.
Ertaga, 22 avgust kuni “Udineze” “Yuventus”ni qabul qilsa, o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov bilan shartnoma imzolagan “Roma” Florensiyaning “Fiorentina” klubi bilan bahs olib boradi.
Birinchi tur uchrashuvlari “Sampdoriya” va “Milan” uchrashuvi bilan o‘z yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida “Inter” 91 ochko to‘plagan holda chempionlikka erishgan edi. 2-o‘rin “Milan”, 3-o‘rin esa “Atalanta”ga nasib qilgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust