Eldor Shomurodov transfer huquqlariga egalik qiluvchi klubga yangi murabbiy tayinlandi

Sport

image

Sobiq italiyalik futbolchi  Daniele De Rossi Rimning “Roma” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 16 yanvar kuni erta tongda portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino “bo‘rilar” bosh murabbiyligidan bo‘shatildi.

Manbaga ko‘ra, “Roma” De Rossi bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan. Agar De Rossi bilan natijalar muvaffaqiyatli bo‘lsa, kelishuv uzaytirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, De Rossi 2002 yildan 2019 yilgacha “Roma”da to‘p tepgan. Bu davrda u barcha turnirlarda 616 ta uchrashuvda qatnashib, 63 ta gol urgan va 60 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Roma” muxlislari De Rossini Franchesko Totti bilan bir qatorda klubning tirik afsonasi deb hisoblaydi.

Qayd etish joiz, Italiyaning “Kalyari” klubida ijara asosida to‘p tepayotgan, hozirda jarohatidan davolanayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovning transfer huquqlari aynan “Roma”ga tegishli. Mavsum yakunlangach, Shomurodov yana “bo‘rilar” safiga qaytadi.

A Seriyaning 20-turidan so‘ng Rim klubi 29 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Daniele De Rossi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing