Dafn etish uchun nafaqa Davlat byudjetidan ajratiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qonun bilan 10 dan ortiq qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, vafot etgan shaxsni dafn etish uchun nafaqa endilikda Davlat byudjeti hisobidan beriladi.

Ilgari Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan berilgan.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunning to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatining litsenziyalanishiga oid qismi  “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.

Utilizatsiya yig‘imi nazarda tutilgan normalar mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

dafn byudjet

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing