COVID-19 ga qarshi kurashda O‘zbekistonga ko‘maklashish uchun Germaniyadan 10 nafar shifokor kelyapti

Jamiyat

image

Bugun, 21 avgust kuni Germaniyaning jamoat sog‘lig‘ini saqlashdagi eng nufuzli tashkiloti sanalgan Robert Kox instituti boshchiligida tashkil etilgan delegatsiya“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining maxsus charter reysi bilan Frankfurt-Mayn shahridan Toshkentga uchib ketdi. Bu haqda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi xabar berdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur 10 kishilik delegatsiya tarkibi Robert Kox institutining yetakchi ekspert va mutaxassislari, Frankfurt-Mayn va Dyusseldorf universitetlari klinikalarining yuqori malakali vrachlari, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi vakillaridan tashkil topgan.

Germaniyalik mutaxassislar tashrif davomida Respublika koronavirusga qarshi kurash shtabi mas’ullari bilan birgalikda bugungi kunda COVID-19 ga qarshi kurashdagi vaziyatni tahlil etib, tegishli tavsiyalar taqdim etishlari, shuningdek ayrim viloyatlardagi shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, kornovirusni aniqlash, nazoratga olish va bemorlarni davolashda o‘z tajribalari bilan o‘zbek hamkasblariga amaliy ko‘mak berishlari ko‘zda tutilgan.

Delegatsiyaga Robert Kox instituti Xalqaro sog‘liqni saqlash markazi direktori o‘rinbosari, Xalqaro sog‘liqni saqlash axborot markazi rahbari doktor Andreas Yansen rahbarlik qilyapti.

Avvalroq, Rossiyadan 40 nafarga yaqin shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing