Chiqindilarni boshqarish agentligiga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
05 fevral
6106Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sharifbek Hasanov 1990 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2013 yilda Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropolitan universiteti (bakalavr), 2015 yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti (magistratura)ni tamomlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda turli davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 19 dekabr kuni Leyli Po‘latovna Seytova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


