Antaliyadan xuşxabar: Özbekiston ekologiya uçun 100 mln yevrodan ortiq mablağ jalb qiladi
Jamiyat
−
18:35 670 3 daqiqa
Turkiyaning Antaliya şahrida BMTning yirik iqlim konferensiyasi (COP31) öz işini boşladi. Butun dunyo ekologiya muammolarini bahslaşayotgan bir paytda, Özbekiston delegatsiyasi sammitda alohida faollik körsatib, mamlakat uçun juda muhim kelişuvlarga erişmoqda. Sammitning ilk kunlaridanoq Özbekiston ekologiyasi va aholisi uçun foydali bölgan yuz millionlab mablağlar jalb etilişi aniq böldi.
Eng katta yangiliklardan biri – Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston birgalikda yirik iqlim dasturini (CLiCA) işga tuşirdi. Uşbu loyiha doirasida Özbekistonga 103,7 million yevro investitsiya olib kiriladi. Bu pullar şunçaki qoğozda qolmaydi, balki aniq hududlar – Andijon, Farğona, Namangan va Surxondaryo viloyatlarining 15 ta tumanini rivojlantirişga sarflanadi. Mablağlar hisobiga 18 ming gektar örmon va 123 ming gektar yaylov qayta tiklanadi, tomçilatib suğoriş tizimlari örnatilib, qurğoqçilikka çidamli ekinlar ekiladi. Natijada 342 ming nafar qişloq aholisining turmuş şaroiti yaxşilanadi.

Bundan taşqari, Özbekiston va Adaptatsiya jamğarmasi örtasida 15,4 million dollarlik loyihalar portfeli muhokama qilindi. Özbekiston tomoni uşbu xalqaro jamğarmaning Markaziy Osiyodagi boş markazini Toşkent şahrida oçişni taklif qildi. Agar bu taklif ma’qullansa, Orolböyi hududida qurğoqçilikka va çang böronlarining oldini oliş, sun’iy intellekt yordamida ob-havo xavflarini oldindan prognoz qiliş tizimlari aynan Toşkentdan turib boşqariladi.
Jahon meteorologiya taşkiloti bilan ötkazilgan muzokaralarda ham Toşkent şahrida çang va qum böronlarini kuzatiş böyiça mintaqaviy markaz hamda Xalqaro havo sifati observatoriyasini taşkil etiş taşabbusi ilgari surildi. Hatto ob-havoni aniq başorat qiliş uçun Xitoyning sun’iy intellekt texnologiyasini (MAZU) Özbekiston iqlimiga moslaştiriş ustida iş boşlandi. Qöşni Turkiya bilan esa çiqindilarni qayta işlaş va “yaşil” şaharlar quriş böyiça tajriba almaşiş yuzasidan alohida kelişuv imzolandi.

Sammitda ekologiyaning inson soğliği va ruhiyatiga ta’siri ham jiddiy muhokama qilindi. BMT jamğarmalari bilan hamkorlikda Qoraqalpoğistonda iqlim özgarişiga çidamli onalik soğliğini muhofaza qiliş modeli yaratilmoqda. Şuningdek, suv taqçilligi va ekologik muammolar yoşlarda “iqlim xavotiri”ni (kelajakdan qörqiş hissini) uyğotayotgani aytilib, ularga ruhiy yordam körsatiş tizimini yaratiş zarurligi ta’kidlandi. Qişloq xöjaligida esa tuproqni himoya qiliş va suvni tejaş uçun yerni haydamasdan ekiş (No-till) kabi zamonaviy agrotexnologiyalar xorijlik ekspertlarga taqdim etildi.
Ma’lumot örnida, Özbekiston özining iqlim sammitidagi pavilonini milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvçi “Uzumzor” konsepsiyasida bezatgan bölib, u yerda “Yaşil makon” va “Toza havo” kabi loyihalarimiz xorijliklarga taniştirilmoqda. Şuningdek, Özbekiston barça xalqaro hamkorlarni 2027 yilda Toşkentda ötadigan “Eco Expo Central Asia” körgazmasiga taklif qildi.
Live
Barchasi