Markaziy Osiyoda suv tanqisligi xavfi ortmoqda – Şavkat Mirziyoyev

Jamiyat

−

image

Markaziy Osiyoda muzliklarning erişi, suv tanqisligi, qurğoqçilik kabi xatarlarning kölami ortmoqda. Bu haqda bugun, 11 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Jahon yetakçilari sammitining yalpi majlisidagi nutqida söz oçdi.

Özbekiston rahbari nutqining avvalida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirgan hamda Turkiya va Avstraliya hamraisligida ötayotgan konferensiyaga yuqori darajada tayyorgarlik körilganini e’tirof etgan.

Mamlakat yetakçisining ta’kidlaşiça, Özbekiston iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça global sa’y-harakatlarni izçil qöllab-quvvatlab kelmoqda hamda öz taraqqiyot modelini “yaşil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda qurmoqda.

Xalqaro hamjamiyatning e’tibori bu borada milliy miqyosda amalga oşirilayotgan sa’y-harakatlar va erişilgan natijalarga qaratilgan.

Uglerod çiqarişni kamaytiriş doirasida mamlakat yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan gaz çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajargan. 2035 yilga qadar uşbu körsatkiçni 50 foizga yetkaziş böyiça yangi marra belgilangan.

Sönggi ön yilda Özbekiston iqtisodiyotida suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beşdan bir qismga kamaygan. Suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan.

Yerlarni qayta tiklaş böyiça olib borilgan keng kölamli işlar natijasida mamlakatda örmonlar maydoni olti million gektarga köpaytirilgan, uning uçdan bir qismi Orolböyi hududiga töğri keladi.

Çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi hayotga izçil tadbiq etilmoqda.

Özbekistonda yuritilayotgan davlat siyosatida yoşlar masalasi markaziy örin tutişi alohida ta’kidlangan.

“Mamlakatimizda bolalarning ekologik tarbiyasi oila, mahalla va maktabdan boşlanadi. Yoş avlodga suvni tejaş, daraxtlarni parvariş qiliş, atrof-muhitni toza va ozoda saqlaş boğçadanoq örgatiladi”, deydi Özbekiston Prezidenti.

Özbekistonning har beşinçi fuqarosi maktab öquvçisi yoki talaba ekani qayd etilgan. Bu esa 2050 yilga borib Özbekiston aholisining törtdan uç qismi tabiatga ğamxörlik ruhida ta’lim olişini anglatadi.

Prezident kelgusidagi qöşma sa’y-harakatlar borasida öz nuqtai nazarini bayon qilib, iqlim özgarişi bilan boğliq muammolarga heç bir davlat yakka özi yeçim topa olmasligini ta’kidlagan.

“Markaziy Osiyoda muzliklarning erişi, suv tanqisligi, qurğoqçilik kabi xatarlarning kölami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan muştarak harakatlarni talab qiladi”, deydi davlat rahbari.

Şu munosabat bilan mintaqaviy Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusi ilgari surilgan. Uşbu yönalişdagi hamkorlikni uçta asosiy yönaliş böyiça boşlaş maqsadga muvofiqligi bildirilgan.

Birinçisi – axborot yönalişi. Bu borada Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisidagi ma’lumotlar almaşinuvi infratuzilmasini yaratişga kirişiş taklif etilgan.

Ikkinçisi – texnologik yönaliş. “Eco Expo” körgazmasini mintaqamizga mos zamonaviy ekologik yeçimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirişga tayyorlik bildirilgan.

Uçinçisi – moliyaviy yönaliş. Mahalliy şaroit va ehtiyojlar hisobga olinadigan barqaror moliyalaştirişni ta’minlaş uçun taraqqiyot banklari va maqsadli jamğarmalar bilan birgalikda yangi kömak vositalari – imtiyozli grantlar, şuningdek, “moviy” va “arid” moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş taşabbusini ilgari surgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev sözining yakunida konferensiya iştirokçilarini iqlim integratsiyasi modelini amaliy mazmun bilan boyitişga çaqirgan hamda uşbu hayotiy muhim modelni dunyoning barça manfaatdor mintaqalarida qöllaşni taklif etgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing