Qoraqalpog‘istonda bog‘cha direktori va o‘rinbosari pora bilan ushlandi

3-sahifa

−

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasasining direktori va uning o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasi direktori K. R. fuqaro G. R. ni logoped vazifasiga ishga qabul qilganligi evaziga 20 mln so‘mni K. R. ning topshirig‘iga ko‘ra direktor o‘rinbosari R. K. xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahrida Xalq qabulxonasi xodimi xizmat xonasida 1 500 AQSH dollar pora olgan vaqtida ushlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing