Özbekiston OQXJga raisligida 3,3 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oşirmoqçi
Jamiyat
−
22:03 350 4 daqiqa
Özbekiston 2027-2029 yillarda Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi va şu davrda qiymati 3,3 milliard dollarni taşkil etuvçi 133 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştrililgan. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davrida amalga oşiriş rejalaştirilgan loyihalar taqdimotida söz boradi.
Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi (OQXJ) 1993 yilda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan taşkil etilgan. Ötgan yillarda mintaqa davlatlari örtasida yölga qöyilgan özaro samarali hamkorlik hamda qator xalqaro taşkilotlarning kömagi tufayli jamğarma Orol dengizi havzasi suv resurslarini kelişilgan holda boşqarişni ta’minlaşga erişgan.
Markaziy Osiyoda suv taqçilligining kuçayişiga olib kelayotgan iqlim özgarişlari va suv iste’moli köpayib borayotgan bugungi şaroitda jamğarmaning roli va ahamiyati yanada ortib bormoqda. Özbekiston 2027-2029 yillarda Orolni qutqariş Xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi.
Taqdimotda uşbu davr mobaynida amalga oşiriş rejalaştirilgan loyihalar va e’tibor markazida böladigan masalalar körib çiqilgan.
Suv resurslari, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy yönalişlarni qamrab olgan 133 ta loyiha işlab çiqilgani ta’kidlangan. Xususan, uşbu loyihalar doirasida suv xöjaligi inşootlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş, suv resurslarini taqsimlaş, hisobga oliş hamda monitoring qilişning avtomatlaştirilgan tizimlarini joriy etiş, gidrometeorologik ma’lumotlar monitoringi, toşqinlar va qurğoqçilik böyiça prognozlaş hamda erta ogohlantirişning mintaqaviy raqamli platformasini yaratiş, aholini içimlik suvi va sanitariya xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oşiriş kabi köplab çora-tadbirlar ilgari suriladi.
Mazkur loyihalarning qiymati 3,3 milliard dollarni taşkil etadi. Ular Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Yaşil iqlim jamğarmasi, Global ekologik jamğarma hamda boşqa xalqaro taşkilotlar kömagida moliyalaştiriladi.
Prezident uşbu loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş muhimligini ta’kidlab, kelgusi yilda bajariladigan işlarga doir oylar kesimida “yöl xaritasi”ni tasdiqlaş va ijrosini taşkil etişni topşirgan. Loyihalarni hayotga tatbiq etişga xalqaro ekspertlar, professor-olimlar va xorijdagi vatandoşlarimizni ham jalb etiş lozimligi körsatib ötilgan.
Taqdimotda Özbekistonning OQXJga raisligi davridagi ustuvor masalalar ham muhokama qilingan. Jamğarma tuzilmasi va şartnomaviy-huquqiy bazasini takomillaştirişni davom ettiriş, uning organlari vakolatlarini aniq taqsimlaşni ta’minlaş, Afğoniston bilan konstruktiv hamkorlikni mustahkamlaşga alohida ahamiyat beriladi. Jamğarma kun tartibini Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari qarorlari bilan uyğunlaştiriş va boşqa köplab masalalar e’tibor markazida böladi.
Şuningdek, jamğarma faoliyatini ilmiy-tahliliy qöllab-quvvatlaş masalasi ham körib çiqilgan. Bunda “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti uning taşabbuslarini amalga oşirişda ilmiy-tahliliy platforma böladi.
Şu maqsadda universitet faoliyati transformatsiya qilinadi. Ta’lim va tadqiqot jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş işlari jadallaşadi, ekologik tiklaniş va suv tejamkorligi böyiça tadqiqotlar kengaytiriladi, zamon talablaridan kelib çiqib ilğor kadrlarni tayyorlaşga yondaşuv kuçaytiriladi.
Xususan, Amudaryo va Sirdaryo havzalari böyiça ma’lumotlarning yagona bazasi yaratiladi, çöllanişga qarşi mintaqa olimlari bilan qöşma loyihalar işlab çiqilib, investitsiya va grant mablağlari jalb qilinadi, Markaziy Osiyo va Afğoniston uçun suv xöjaligi böyiça bakalavriat va magistratura dasturlari işga tuşiriladi.
Davlat rahbari mutasaddilarga Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davrida rejalaştirilgan çora-tadbirlarni öz vaqtida, sifatli va töliq amalga oşiriş, bunda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan qöşni davlatlar bilan aloqalarni yanada faollaştiriş, viloyat hokimlarining iştirokini ta’minlaş, qöşma ta’lim va tadqiqotlar orqali mintaqada suv diplomatiyasini yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan qator topşiriqlar bergan.
Live
Barchasi