Bosh vazirlar kelishib oldi

Olam

image

Bugun, 18 sentyabr kuni Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari bahsli chegara hududida minoralar qurishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda Asia-PLUS nashri xabar bermoqda.

Tojikistonning So‘g‘d viloyati Ovchi-Kalacha qishlog‘idagi "Bahor" mahallasi hududidagi muzokaralar 7:30 dan 10:15 gacha davom etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘iz tomoni bahsli hududda chegara minorasini buzishga qaror qilgan va tojik tomoni o‘z minorasini qurishdan bosh tortgan. 

Shuningdek, bugun, 18 sentyabr kuni soat 18.00 gacha, ikki mamlakat chegara xizmatlari mojaro bo‘lgan joydan qo‘shimcha kuchlar va harbiy texnikalarni olib tashlashadi.

Bir kun oldin "Qizil-Bel" chegara o‘tish punktida uchrashgan Qirg‘iziston Bosh vazirlari Muxammadkaliy Abilgaziyev va Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda muzokaralar olib borgandi.

Chegaradagi yana bir mojaro 15 sentyabr kuni, Tojikiston va Qirg‘iziston aholisi bir-birini munozarali hududlarda qurilishda ayblay boshlaganlaridan keyin boshlandi. Dastlab tomonlar qurilishni to‘xtatishga kelishib oldi, ammo ikkala davlat fuqarolari bu majburiyatni bajarmadi. 

Uchrashuv davomida davlatlar norozilik notalarini almashdi. Qirg‘izistonning Botken viloyati aholisi Bishkekka yetib kelib, bahsli yerlarni Qirg‘izistonga berishni, shuningdek, Rossiyaning Kant aviabazasini chegaraga o‘tkazishni talab qildi. bugun, 18 sentyabr kuni vaziyat Jogorku Kengesh (Qirg‘iziston parlamenti) ning yopiq majlisida ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16 sentyabr, kuni Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasida otishma ro‘y berdi.

Rasmiylarga ko‘ra, kecha, 17-sentyabrdan kuni ertalabdan odamlar yana o‘z uylariga qaytib kelishni boshladi. Shu kuni Tojikistonning Ovchi-Kalacha qishlog‘ida deyarli barcha muassasalar yopildi. 18 sentyabrga kelib vaziyat barqarorlashdi. 

Xususan, mahalliy hokimiyat ko‘cha savdosini davom ettirishga ruxsat berdi va birinchi sotuvchilar o‘z joylariga qaytishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston chegara Qirg'iziston

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing