Buyuk Britaniya ham koronavirusga qarshi choralarni kuchaytiradi

Olam

image

Dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashib bormoqda. Butun dunyo bo‘ylab kasallanganlar soni ortib boryapti. Ayni paytda koronavirus infeksiyasi yuqtirib olganlar soni dunyoda 38 milliondan oshib ketdi.

Bir qator davlatlar koronavirus bilan bog‘liq chora-tadbirlarni kuchaytirmoqda. Fransiya, Italiya kabi davlatlarda choralar kuchaytirilgani haqida xabar bergan edik. 

Shuningdek, Buyuk Britaniyada ham koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Boris Jonson ta’kidlagan

"Yangi choralar qo‘shimcha cheklovlarni o‘z ichiga olishi mumkin", degan Jonson.

Uning ta’kidlashicha, ushbu choralar restoranlar, ko‘ngil ochish va dam olish maskanlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlariga ta’sir qiladi. Biroq, do‘konlar, maktablar va universitetlar odatdagidek ishlashda davom etadi.

So‘nggi haftalarda Buyuk Britaniyada kunlik koronavirus infeksiyasi yuqtirish holati ko‘paymoqda. Kuniga 10 mingdan ziyod kasallanganlar aniqlanmoqda. Maksimal holat 4 oktyabrda qayd etilgan - 22 ming 965 nafar. 

Eslatib o‘tamiz, Londonda koronavirusga chalinganlar soni ko‘payishi sababli tez orada karantin choralari kuchaytirilishi mumkinligi aytilgandi

Ma’lumot uchun, umumiy hisobda qirollikda 618 mingdan ko‘p kishi koronavirus yuqtirgan bo‘lib, vafot etganlar 43 mingga yaqinlashmoqda.

Dunyoda 38 milliondan ko‘p koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. 1 milliondan ziyod kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus dunyo buyuk britaniya

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing