Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini, bolasi va o‘zini otib o‘ldirdi
3-sahifa
−
07 avgust
21781Kecha, 6 avgust kuni Toshkent viloyatida profilaktika inspektori xotini, bolasi va o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, voqea soat 21:00 larda Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan. Xizmat xonadonida yashagan, 1996 yilda tug‘ilgan IIB JXX profilaktika inspektori va uning 28 yoshli turmush o‘rtog‘i o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Shundan so‘ng u o‘ziga biriktirilgan “PM tabel” quroli bilan turmush o‘rtog‘i va 2024 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga o‘q uzib, qasddan o‘ldirgan.
Shuningdek, u o‘z jinoiy qilmishlaridan qutulib qolish maqsadida qurol bilan o‘zining bosh qismidan bir marotaba o‘q uzib o‘z joniga qasd qilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi ( Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida er xotinini qasddan o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgandi.
LiveBarchasi