“Kattakon” tanishlari orqali yer toifasini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs $100 ming bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
14:09 1782 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi 9 gektar yer maydonining bir qismini turarjoy qurish uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 840 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1970 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir nechta korxona egasi Bo‘stonliq tumanidagi 9 gektar yer maydonidan iborat noturar ob’ektning 4 gektar qismida turarjoy binolari qurilishini hujjatlashtirib berishni va’da qilgan.
U bu ishni Davlat kadastr agentligida ishlovchi mansabdor tanishlariga pora berish orqali hal qilib berishiga ishontirgan. Shaxs murojaatchidan avval 100 ming, keyinchalik esa yana 740 ming dollar, jami 840 ming dollar talab qilib kelgani aniqlangan.
Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida u restoranlardan birida oldindan talab qilingan 100 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) hamda 28-modda orqali 211-moddasi 3-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida fuqaroga akademik ta’til olishi uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berish evaziga 500 AQSH dollari olgan oilaviy poliklinika shifokori ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi