Piskomda cho‘kib ketgan odamning jasadi 16 kundan so‘ng topildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Piskom daryosida baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, cho‘kib ketgan, Qibray tumanida yashovchi 30 yoshli fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘sha kuni bir guruh fuqarolar Piskom daryosiga SUP-doskada sayr qilish maqsadida kelgan. Sayr vaqtida ulardan biri boshqaruvni yo‘qotib, qoyali qirg‘oqqa urilgan va suvga tushib ketgan. Fuqaro qutqaruv nimchasi kiymaganligi sababli kuchli suv oqimi uni suv ostiga olib ketgan.

Shu zahotiyoq cho‘kib ketgan fuqaroni qidirish uchun FVVning g‘avvoslari jalb etilib, shu vaqtga qadar qutqaruvchilar tomonidan faol qidiruv ishlari olib borilgan.

Bugun, 10 sentyabr kuni soat 09:50 da fuqaroning jasadi g‘avvoslar tomonidan topilgan.

“Shu munosabat bilan yurtdoshlarimizni suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz. Faqat buning uchun maxsus ajratilgan joylarda cho‘milish, kichik hajmli kemalardan foydalanish vaqtida esa albatta qutqaruv nimchalarini kiyish lozim”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida ota va uning 2 o‘g‘li cho‘kib ketgan edi. Kecha, 9 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvoslari Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqarodan birining (kichik o‘g‘il) jasadini topgan edi. Shuningdek, bugun, 10 sentyabr kuni soat 12:07 da 3 nafar fuqarolardan ikkinchisining (katta o‘g‘il) jasadini ham topilgandi. Bundan tashqari, bugun ularning uchinchisi, ya’ni otasining ham jasadi topilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing