40 sotix yerni auksionsiz olib berish uchun 11,5 ming dollar olganlar ushlandi
3-sahifa
−
09:48 954 1 daqiqa
Namangan viloyatida 40 sotix yer maydonini auksion savdolarisiz rasmiylashtirib berishni va’da qilgan ikki shaxs 11,5 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimi X.D. va fuqaro B.A. fuqaro M.E.ga Mingbuloq tumani hududidan 40 sotix yer maydonini auksionsiz uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Ular bu xizmat evaziga 11,5 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlikka suiqasd) hamda 28, 211-moddasi (pora berishda ishtirokchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida bank bo‘limi boshlig‘i 16 gektardan ortiq yer va yana 4 gektar maydonni rasmiylashtirib berish evaziga talab qilgan 4 mln 250 ming dollardan 100 ming dollarini olayotgan vaqtida ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi