500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor qo‘lga tushdi

3-sahifa

−

image

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida fuqaroga akademik ta’til olishi uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berish evaziga 500 AQSH dollari olgan oilaviy poliklinika shifokori ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan. Unda oilaviy poliklinika shifokori U.S. poliklinikada yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro Sh.R. ga tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilgani aniqlangan.

Shifokor ushbu xizmat evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida ishga kiritib qo‘yishi evaziga 600 AQSH dollari pora olgan maktab direktori ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing