Oq uy yaqinida otişma: 2 kişi halok bölib, 5 kişi jarohatlandi
Olam
−
10:21 295 3 daqiqa
AQŞ poytaxti Vaşington şahridagi sport zalida keça, 12 noyabr kuni sodir etilgan otişma oqibatida 1 kişi halok böldi, yana 5 kişi yaralandi. Otişmani sodir etgan 55 yoşli şifokor keyinçalik özini ham otib öldirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa Oq uydan qariyb 1,6 kilometr şimolda joylaşgan Logan Circle mahallasida sodir bölgan. Pentxaus xonadonidagi yaşaş şaroitlari, jumladan, moğor va namlik muammolari sababli bino ma’muriyati bilan uzoq vaqtdan beri sudlaşib kelgan 55 yoşli şifokor Mett Lambert sport zalida bino boşqaruvçisini otib öldirgan.
Şundan söng u voqea joyidan qoçib, bir neça daqiqa içida öz xonadon ayvonidan yana tört kişiga qarata öq uzgan. Jabrlanganlarning uç nafari hayot uçun xavfli bölmagan jarohatlar olgan, yana bir kişining ahvoli oğir bölgan.
Vaşington politsiya boşqarmasi rahbari vazifasini bajaruvçi Jeffri Kerrollning aytişiça, Lambert uçta qurol bilan hujum qilgan. U keyinçalik öz xonadonida politsiya xodimlari bilan telefon orqali gaplaşib turgan vaqtida özini otib öldirgan.
Sport zalida halok bölgan şaxs 46 yoşli Jeyms Styuart ekani aniqlangan. U bino boşqaruvçisi bölgan.
Politsiya ma’lumotlariga köra, otişma beş daqiqadan kamroq vaqt içida sodir bölgan. Hodisa ortidan köplab politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelgan, atrofdagi hudud örab olingan va yaqin atrofdagi maktablarda xavfsizlik çorasi sifatida öquvçilarning binolardan çiqişiga çeklov qöyilgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, Lambert 2024 yildan beri özining yettinçi qavatdagi xonadonida moğor, namlik va suv sizib çiqişi bilan boğliq muammolar borligini aytib, bino ma’muriyatini sudga bergan. U xonadonidan tölaqonli foydalana olmayotganini da’vo qilgan. Sud jarayoni esa davom etayotgan bölgan.
Voqea vaqtida sport zalida bölgan Jeyms Spellmanning sözlariga köra, otişma boşlanganida u yerda 50 ga yaqin kişi bölgan. Uning aytişiça, öq ovozlari yangraganidan bir neça soniya ötib, bir erkak yerga yiqilgan va uning atrofida qon kölmak bölgan. Zalga kelganlardan biri unga yordam berişga uringan, biroq erkak voqea joyida halok bölgan.
Şuningdek, Lambert öz xonadonida gaz quvurini kesib, yonğin çiqargan. Yonğin avtomatik suv purkaş tizimi işga tuşişi natijasida tezda bartaraf etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Florida ştati Tampa şahri çekkasidagi Citibank kompaniyasiga tegişli ofis majmuasida yuz bergan otişmada ikki kişi halok bölgan edi. Yana tört kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan.
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr