AQŞda bank ofisiga qurolli hujum uyuştirildi. Qurbonlar bor
Olam
−
08:47 444 2 daqiqa
AQŞning Florida ştati Tampa şahri çekkasidagi Citibank kompaniyasiga tegişli ofis majmuasida yuz bergan otişmada ikki kişi halok böldi. Yana tört kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hujumçi keça, 4 noyabr kuni avtomobilini ofis majmuasining içki hovlisiga haydab kirgan va miltiqdan öq uzişni boşlagan. Öşa vaqtda oçiq havodagi stollarda tuşlik qilayotgan xodimlar qoçişga uringan.
Xilsboro okrugi şerifi idorasi boşliği örinbosari Frenk Losatning aytişiça, hujum vaqtida majmuada 3 200 nafar xodim bölgan. Hujumçi bir ayolni otib öldirgan. Şundan söng oşxonada u bilan xavfsizlik xizmati xodimi töqnaş kelgan. Ular örtasida otişma yuz bergan va qöriqçi hujumçini otib öldirgan.
“Zöravonlik yanada davom etişi mumkinmidi? Albatta. Şu sababli xavfsizlik xizmati xodimiga tahsin aytiş kerak”, degan Losat matbuot anjumanida.
Hozirça hujumçi va halok bölgan ayolning şaxsi oşkor etilmagan. Şuningdek, hujum sababi va ular bir-birini tanimagan-tanimagani ham noma’lum.
Otişma oqibatida yana tört kişi hayot uçun xavf tuğdirmaydigan jarohatlar bilan şifoxonaga olib ketilgan. Ularning öqdan yoki hujumçining avtomobili urilişi oqibatida jarohatlangani aniqlaştirilmagan.
Hodisa joyiga birinçi favqulodda qönğiroqdan keyin bir daqiqa içida politsiya yetib kelgan. Otişma sodir bölgan bino va unga tutaş ofislarni tekşiriş uçun 360 nafardan ortiq huquq-tartibot xodimi jalb etilgan. Tekşiruv işlari ikki yarim soat davom etgan.
Yaqin atrofdagi Sheraton Tampa Brandon mehmonxonasi ham qoçib kelgan xodimlarga boşpana bergan. Mehmonxona ma’muriyati ma’lumotiga köra, u yerda taxminan 300 nafar Citibank xodimi joylaştirilgan. Ularga suv va ovqat berilgan, ayrimlariga dam oliş uçun mehmonxona xonalari taqdim etilgan.
Citibank kompaniyasi hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Texas ştati Dallas şahridagi Dip Ellum mahallasida Xellouin keçasi uçta otişma sodir bölgan edi. Oqibatda 4 kişi halok bölib, 15 nafarga yaqin odam jarohatlangan.
Live
Barchasi