Burak Denizning qonida narkotik modda aniqlandi
Madaniyat-san’at
−
16 aprel 3721 2 daqiqa
Ko‘plab mashhur filmlari orqali O‘zbekistonda ham tanilgan turkiyalik aktyor va model Burak Denizning test uchun topshirgan soch va qon namunalaridan giyohvand moddalar topildi. Bu haqda “Yeniçağ” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tergov doirasida Sud tibbiyot institutida o‘tkazilgan tekshiruvlarda aktyor Burak Deniz, aktrisa Serra Pirinch va Enes Gulerdan olingan namunalarda “marixuana” va “kokain”, qo‘shiqchi Utku Unsalda esa “marixuana”, qo‘shiqchi Simge Sag‘inda esa dori tarkibidagi faol modda aniqlangan.
Endi Burak Deniz nafaqat jinoiy javobgarlikka tortilishi, balki reklama va shartnomalaridan ham ayrilishi ehtimoli bor. Bundan oldin ham Deniz mast holatda ko‘plab mojarolarga aralashgan.
Ma’lumot uchun, Burak Deniz 35 yoshda. Uning kinodagi debyuti 20 yoshida, Shenay Gurler va boshqa aktyorlar bilan birga suratga tushgan “Kollej kundaligi” nomli yoshlar seriali bilan boshlangan. Unga keyingi “Qochoq” seriali shuhrat keltirgan. U ishtirok etgan “Yoqimtoy aldoqchi qizchalar“ (Tatlı Küçük Yalancılar) seriali ham mashhur bo‘lgan, “Bizning hikoya” seriali tufayli esa Burak xorijda ham tanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Burak Deniz politsiyaning giyohvandlikka qarshi operatsiyasi doirasida Istanbulda qo‘lga olingandi. Deniz bilan birga mashhur san’atkorlar Mert Demir, Emre Fel O‘zturk va Ender Ero‘g‘li ham hibsga olingan edi.
Shuningdek, giyohvandlik ishi doirasida turkiyalik aktrisa Handa Erchelni hibsga olishga order berilgandi. Keyinroq uning test namunalarida narkotik moddalar aniqlanmadi.
Live
Barchasi