Toshkentda birovni “podstava” qilmoqchi bo‘lganlar o‘zlari “tuzoq”qa tushdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida 2 nafar shaxs muqaddam yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli 2003 yilda tug‘ilgan fuqaroni qasddan jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida uning avtomashinasiga giyohvand modda tashlab qo‘yishni rejalashtirgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Parkent tumani hamda Yuqori Chirchiq tumanlarida yashovchi 1980 va 1974 yilda tug‘ilgan 2 nafar shaxs 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan muqaddam yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli uni qasddan jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida xufiyona til biriktirgan.

Ular ushbu rejani amalga oshirish maqsadida 1996 yilda tug‘ilgan fuqaroni 500 ming so‘m evaziga yollagan. Rejaga ko‘ra, u 1,2 gramm gashish giyohvandlik moddasini fuqaroning avtomashinasiga tashlab qo‘yishi kerak bo‘lgan.

Mazkur shaxslar reja bo‘yicha giyohvandlik moddasini avtomashinaga tashlab qo‘yish uchun berayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda narkotik tarqatish bilan shug‘ullangan transmilliy jinoiy uyushmaning 14 nafar turli darajadagi a’zolari qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing