Dunyoning eng kelishgan erkagi aniqlandi
Madaniyat-san’at
−
15 Oktyabr 5566 1 daqiqa
Turkiyalik 21 yoshli model Dilxan Divrikli Tailandda o‘tkazilgan Mister Global 2026 xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Türkiye Today” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, tanlovning final bosqichi joriy yilning 10 oktyabr kuni Bangkok yaqinidagi Nontxaburi shahrida bo‘lib o‘tgan. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan ishtirokchilar nufuzli unvon uchun bellashgan.
Final oldidan tanlov qatnashchilari qariyb 10 kun davomida maxsus oromgohda bo‘lib, taqdimotlar, fotosessiyalar va turli sinovlarda qatnashgan. Yakunda hakamlar hay’ati Dilxan Divriklini g‘olib deb topgan. Nigeriyalik Betel Mbamara ikkinchi, filippinlik MJ Ordilyano esa uchinchi o‘rinni egallagan.



Ma’lum qilinishicha, Divrikli Bryusselda yashaydi, uning oilasi esa Turkiyaning Afyonkaraxisar viloyatidan. U to‘rt tilni biladi va avval ham go‘zallik tanlovlarida qatnashgan. Model bundan oldin Turkiyada o‘tkazilgan Top Model of Türkiye tanlovida g‘olib bo‘lgan.
Modellikdan tashqari, Divrikli kino san’atiga ham qiziqadi va kelajakda aktyorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, Mister Global xalqaro erkaklar go‘zallik tanlovi 2014 yildan beri o‘tkazib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq myanmalik aktyor va model Paing Taxon 2021 yilda qamoqda o‘tirgan vaqtida dunyoning eng kelishgan erkagi deb toplangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi