Handa Erchelni hibsga olishga order berildi

Olam

image

Istanbul Respublika Bosh prokuraturasi giyohvandlik ishi doirasida turkiyalik aktrisa Handa Erchelni hibsga olishga order berdi. Bu haqda bugun, 25 mart kuni “Cumhuriyet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hibsga olish qarori chiqarilganda Handa Londonda bo‘lgan va hozirda sevgilisi Onur Guvenatam bilan vaziyat yuzasidan tushuntirish berish uchun Turkiyaga qaytmoqda. Aktrisa o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bergan ilk bayonotida ta’lim olish uchun xorijda ekanini bildirgan.

“Ta’lim sababli taxminan bir oydan beri chet elda bo‘lib turibman. Kecha kechqurun sizlar kabi men ham OAVda chiqqan xabar orqali bu masaladan xabardor bo‘ldim. Holatga oydinlik kiritish uchun ortga qaytib, zarur tushuntirishlar va ko‘rsatma beraman. Men o‘z vatanini sevuvchi, davlatiga va Turkiya adolat tizimiga ishonadigan insonman. Vaziyat tez orada aniqlashishiga ishonaman”, degan u.

Istanbulda olib borilayotgan tergov doirasida jami 16 kishiga nisbatan shunday qaror chiqarilgan. Hozirda ulardan 14 nafari qo‘lga olingan. Mazkur hibsga olish qarori biznes olamining taniqli vakillari Hoqon Sabanji va uning ukasi Karim Sabanji, shuningdek, “Galatasaroy” futbol klubining sobiq rahbari Burak Olmos, “Beshiktosh” futbol klubining sobiq rahbari Fikrat O‘rmon, sobiq model Guzide Duran hamda model Didem Soydanlarga ham chiqarilgan.

Qayd etish joiz, Handa Erchel va Hoqon Sabanji 3 yil davom etgan ishqiy munosabatini 2025 yil avgust oyida tugatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Kontrabanda, narkotik va iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish byurosi tomonidan olib borilgan tergov doirasida 17 kishi hibsga olingandi. Ularning orasida bir nechta mashhur nomlar ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul giyohvandlik hibsga olish Hande Erchel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing