Buxorogacha yetib kelgan bo‘ronning Turkmanistondagi oqibatlari (video)

Olam

Joriy yilning 27 aprel kuni Turkmanistonning bir nechta viloyatida kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘di. Ushbu yomg‘ir aralash kuchli shamoldan eng ko‘p Labop viloyati zarar ko‘rdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistan” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bo‘ron yopirilgan kun 40 m/sek tezlikdagi shamol simyog‘ochlarni va daraxlarni yiqitib, ko‘plab uylarning tomini ko‘chirib yuborgan. Marv viloyatida sekundiga 22 metr tezlidkagi shamol kuzatilgan. 

Ayrim hududlarda elektr ta’minoti uzilib qolgan. Davlat matbuoti bo‘lgan voqealar haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistondagi bo‘ron O‘zbekiston hududiga ham o‘tdi. Xususan, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida kuchli shamol kuzatildi. Bo‘rondan keyin to‘rt viloyatda 140 mingga yaqin xonadon gaz ta’minotidan uzilib qoldi. Shuningdek, 31 kishi jarohatlanib, bir kishi halok bo‘ldi.

Buxoro viloyati tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatning Olot va Qorako‘l tumanlarini vertolyotda aylanib, yetkazilgan talafot bilan shaxsan tanishib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston tabiiy ofat

Baholaganlar

450

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing