Buxoroda kuchli bo‘ron: 7 kishi jarohatlandi
Jamiyat
−
28 aprel 2020
16102Buxoroda kecha, 27 aprel kuni kech soatlarda ro‘y bergan kuchli shamol oqibatida 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazining 27 aprel kuni soat 20:30 da taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 15-25 m/s (54-90 km/soat) tezlikda kuchli shamol esishi natijasida ijtimoiy soha ob’ektlariga, aholi yashash xonadonlariga va hududdagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida avtotrasport vositalariga zarar yetgan. Shuningdek 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan.
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida ham kuzatilish ehtimoli mavjud. Shu munosabat Toshkent shahar hokimligi poytaxtliklarga ogohlantirish bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi:
“28 aprel kun davomida poytaxtimizda kuchli shamol kutilmoqda, 12-17m/s. Bu esa o‘z navbatida daraxt va ularning shoxlarini sinishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin.
Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni iltimos qilamiz”.
LiveBarchasi
Trenddagilar




