Buxorodagi kanalda cho‘kayotgan 16 yoshli qiz qutqarib qolindi
3-sahifa
−
28 dekabr 2024
6362Kecha, 27 dekabr kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi kanalda cho‘kib ketayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani “Afrosiyob” MFY Shifokorlar ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Hayrabot” kanalida 1 nafar fuqaro cho‘kayotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgunga qadar ushbu hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB kichik inspektori oddiy askar B.Qobilov 16 yoshli qizni suvdan qutqarib olgan.
Shundan so‘ng, qiz tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga yetkazgan. Hozirgi vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi, shifokorlar nazoratida.
Qiz qanday qilib kanalga tushib ketgani ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Namangan shahrida ona bir va uch yoshli farzandlari bilan o‘zini kanalga tashlagandi. Shu vaqtda mazkur hududdan o‘tib ketayotgan fuqarolar tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ularning hayoti saqlab qolingan. Shu kuni Namangan viloyat qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Shimoliy Farg‘ona kanalidan ayol o‘lik holda suvdan chiqarib olingan.
LiveBarchasi