Buxoroda jurnalist pichoqlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida joylashgan kafeda “Taftish.uz” axborot agentligining mahalliy muxbiriga tan jarohati yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, voqea joriy yil 6 fevral kuni sodir bo‘lgan. Shofirkon tumanida joylashgan kafeda muxbir O‘lmas To‘layev va uning tanishi A.A. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ularning orasida oldindan nizo bo‘lgan. A.A. oshxona pichog‘i bilan To‘layevning qorin qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani prokuraturasi tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 fevral kuni unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jabrlanuvchi O‘lmas To‘layev shifoxonada davolanmoqda. 

Bosh prokuratura dastlabki tergov harakatlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Toshkent shahrida reportaj tayyorlashga borgan jurnalist ichki ishlar xodimlari tomonidan asossiz olib ketilib, bir necha soat davomida idorada ushlab turilgan va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha javobgarlik belgilangandi. Voqeadan xabar topgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Bosh prokuraturaga so‘rov xati yubordi. Jurnalistning harakatida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari yo‘qligi sababli, unga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatildi. U bilan bog‘liq holatga aloqador shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing