Buxoroda yigit onasini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download
Andijonda erkak xotini, qaynonasi va qayniukasini o‘ldirdi north_east

Andijonda erkak xotini, qaynonasi va qayniukasini o‘ldirdi

Buxoroda 29 yoshli yigit o‘zaro mojaro sabab 51 yoshli onasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

BP ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 19:43 larda G‘ijduvon tumanida yashovchi N.H. onasi M.O. bilan yashash uyiga begona erkaklarni olib kelmaslik masalasida o‘zaro tortishib, janjal qiladi.

Janjal paytida N.H. oshxona pichog‘i bilan onasining chap yelka yuqori kismi, ko‘krak qafasi va qo‘ltiq osti sohasiga bir martadan, jami 3 marotoba urib, qasddan o‘ldirgan.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhuma M.O.ning o‘limiga chap o‘pkasini teshib o‘tib, yurak aorta tomirini jarohatlanishi oqibatida kelib chiqqan o‘tkir massiv ichki qon ketishi sabab bo‘lgan.

Hodisa joyiga viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari B.Kamolov, viloyat prokuraturasi tarmoq boshliqlari Sh.Mamarizayev va B.Qurbonov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Safarov, G‘ijduvon tuman prokurori o‘rinbosari D.Safarov, tuman IIO FMB boshlig‘i A.Xoliqov hamda tezkor - tergov guruhi a’zolari chiqishi ta’minlandi.

Hodisa joyi va uning tevarak atrofi kriminalistik - texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, bir dona oshxona pichog‘i, qonga o‘xshash dog‘lardan surtmalar hamda marhuma M.O.ning qonga o‘xshash dog‘lari bo‘lgan kiyimlari olingan.

Mazkur holat yuzasidan 28 sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.Hakimov Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ish bo‘yicha sudga oid tibbiyot, kriminalistika-texnika hamda biologiya ekspertizalari tayinlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha G‘ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Buxoro

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing