Andijonda erkak xotini, qaynonasi va qayniukasini o‘ldirdi
3-sahifa
−
03 Oktabr 2022
19445Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi To‘rtko‘l shaharchasida 22 yoshli ayol o‘z eri tomonidan o‘ldirilgani, qizni himoyasiga chiqqan onasi va 12 yoshli ukasi ham o‘ldirilgani haqida xabarlar taqraldi. Viloyat prokuratuarsi vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 sentyabr kuni Izboskan tuman “To‘rtko‘l” MFY “Xotira” ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. oilaviy kelishmovchiliklar tufayli turmush o‘rtog‘i R.Sh, qaynonasi R.M va qayniukasi R.X. bilan janjallashib, ularga pichoq bilan tan jaroxati yetkazgan.
Oqibatda, turmush o‘rtog‘i R.Sh va qaynonasi R.M. hodisa joyida, qayniukasi R.X. shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 12 sentyabr kuni viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida A.A ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi