Buxoroda maktab o‘qituvchisining o‘quvchilarni kaltaklagani holati tergov qilinmoqda
3-sahifa
−
15 noyabr 2022 8470 1 daqiqa
Avvalroq Buxoroda maktab o‘qituvchisi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini urgani aytilayotgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda maktab o‘qituvchisi bolalarni urib dars o‘tgani aks etgan.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati Xalq ta’limi va Ichki ishlar boshqarmalari rasmiy munosabat bildirdi.
XTBning ma’lum qilishicha, ayni paytda jamoatchilik orasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan ushbu video bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlangach, holat bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
Viloyat IIB ham holat Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tegishli tartibda qayddan o‘tkazilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borilayotganini bildirgan va qo‘shimcha axborot berishni va’da qilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr