Buxoroda byudjet pulidan “otkat” olishga uringan buxgalterlar ushlandi

3-sahifa

image
O‘nga yaqin odamni chuv tushirgan aeroport nazoratchisi ushlandi north_east

O‘nga yaqin odamni chuv tushirgan aeroport nazoratchisi ushlandi

Buxoro viloyatida byudjet mablag‘lari evaziga “otkat” olishga uringan bosh hisobchi va uning o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyatining Olot tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi Romitan tumanida kiyimdan tashqari noto‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJdan birlashma ehtiyojlari uchun 400 dona yotoq choyshablarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzadi. Bosh hisobchisi o‘zining o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, mazkur shartnomada tovar narxini oshirib ko‘rsatish orqali, ya’ni har bir choyshabni 90 ming so‘mdan emas, balki 190 ming so‘mdan hisoblab, umumiy xarajatlar summasini 76 mln so‘m qilib ko‘rsatadi. 

Ular ortiqcha hisoblangan 40 mln so‘m “otkat”ni MCHJ ish yurituvchisidan talab qiladi. DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 32 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, tovarlarni bojxona nazoratidan o‘tkazishda yordam berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Olot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing