Toshkentda soxta DXX xodimi ming dollar pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
05 avgust 7321 1 daqiqa
Toshkent shahrida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, tovarlarni bojxona nazoratidan o‘tkazishda yordam berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini go‘yoki DXX xodimi deya tanishtirgan. U Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali xech qanday muammosiz bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yordam berishini aytgan.
DXX va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu “hojatbaror” fuqaro korxona rahbaridan firibgarlik yo‘li bilan har bir yuk partiyasi uchun 500 AQSH dollaridan jami 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtida ushlangan.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs korxonaga xorijdan import kilinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvidan tezlashtirib chiqarib berayotganini aytib, korxona rahbaridan muqaddam 1000 AQSH dollari olgan.
Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida Ichki ishlar formasini kiyib, o‘zini katta leytenant sifatida ko‘rsatib, fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlangandi.
Live
Barchasi