Buxoroda 239 nafar maktab xodimida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida 239 nafar maktab xodimida koronavirus aniqlandi. Bu haqda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aytilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi o‘qituvchi va texnik xodimlarning 18 831 nafaridan (jami maktab xodimlarining 67,1 foizi) test olingan. Ulardan 239 nafarida koronavirus aniqlangan.

Jumladan:

•    Buxoro shahrida 3 259 nafardan 46 nafarida;
•    Kogon shahrida 666 nafardan 11 nafarida;
•    Olot tumanida 1 237 nafardan 23 nafarida;
•    Buxoro tumanida 1 843 nafardan 22 nafarida;
•    Vobkent tumanida 1 903 nafardan 33 nafarida;
•    G‘ijduvon tumanida 2 608 nafardan 10 nafarida;
•    Kogon tumanida 9 055 nafardan 9 nafarida;
•    Qorako‘l tumanida 1 575 nafardan 20 nafarida;
•    Qorovulbozor tumanida 385 nafardan 7 nafarida;
•    Peshko‘ tumanida 855 nafardan 29 nafarida;
•    Romitan tumanida 1 860 nafardan 15 nafarida;
•    Jondor tumanida 857 nafardan 8 nafarida;
•    Shofirkon tumanida 828 nafar maktab xodimidan 5 nafarida koronavirus aniqlangan.

Maktab xodimlarida koronavirus aniqlangani sababli 14 sentyabr kuni an’anaviy tarzda o‘quv yili boshlanishi kutilayotgan 34 nafar maktabning 20 nafari ochiladigan bo‘ldi.

Avvalroq, ertaga, 14 sentyabrdan respublika bo‘ylab 2635 ta maktabda o‘quv yili an’anaviy shaklda boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Samarqand viloyatining Payariq va Jomboy tumanlarida 100 nafar, Jizzax shahrida 52 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Buxoro

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing