Buxoroda 12 yoshli qiz homilador bo‘lib qoldi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida 12 yoshli qiz homilador bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga ko‘ra, Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qiz 4 oylik homila bilan Buxoro shahar perinatal markaziga yotqizilgan. Holat voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan. 

Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova holat voyaga yetmaganlarga oid ekanligi uchun batafsil ma’lumot berish maqsadga muvofiq emasligini bildirdi.

Shuningdek, Bolalar ombudsmani voqea bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Xorazmda 13 yoshli maktab o‘quvchisi farzandli bo‘lgandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro homilador

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing