Bugun o‘zbekistonlik ikki bokschi “Chempionlar oqshomi”da ringga ko‘tariladi

Sport

image

Bugun, 26 avgust kuni Rossiyaning Moskva viloyati Serpuxov shahrida IBA'ning Champions' Night “Chempionlar oqshomi” turniri o‘tkaziladi. Ushbu boks oqshomida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari – Odiljon Aslonov va Muzaffar Rasulov ham ringga ko‘tariladi. Kecha bokschilar tarozidan o‘tib, belgilangan vazn me’yorini muvaffaqiyatli bajardi.

Turnirning markaziy jangida kubalik Xulio La Kruz rossiyalik Muslim Hojimuhammedov bilan to‘qnash keladi.

“Chempionlar oqshomi” juftliklari quyida keltirilgan:

  • 67 kilogramm: Yegor Nazarov (Rossiya) – Shohrux Jiyanov (Tojikiston);
  • 70 kilogramm: Stanislav Vasilev (Rossiya) – Muzaffar Rasulov (O‘zbekiston);
  • 63,5 kilogramm: Pavel Fyodorov (Serbiya) – Jeyms Chereyji (Ruminiya);
  • 80 kilogramm: Odiljon Aslonov (O‘zbekiston) – Shadir Musa Bvogi (Uganda);
  • 63,5 kilogramm: Bahodir Usmonov (Tojikiston) – Luis Arkon (Venesuela);
  • +92 kilogramm: Mark Petrovskiy (Rossiya) – Xulio Kastilo (Ekvador);
  • 63,5 kilogramm: Vsevolod Shumkov (Rossiya) – Lazaro Alvares (Kuba);
  • 67 kilogramm: Xariton Agrba (Rossiya) – Ksolisani Ndongeni (JAR);
  • 92 kilogramm: Muslim Hojimuhammedov (Rossiya) — Xulio la Krus (Kuba).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 iyul kuni Tailandning Puket shahrida IBA Champions' Night (Chempionlar oqshomi) turniri bo‘lib o‘tgan edi. Unda 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi, Hasanboy Do‘smatov, Mujibillo Tursunov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevlar ishtirok etib, ularning har uchchalasi ham raqiblaridan ustun kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Odiljon Aslonov IBA Muzaffar Rasulov Champions' Night

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing