Hasanboy Do‘smatov Tailandda jang o‘tkazdi
Sport
−
15 iyul 2023
13362Havaskor boksda Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov bugun, 15 iyul kuni Tailandning Puket shahrida IBA Champions Night (Chempionlar oqshomi) turniri doirasida ispaniyalik Martin Molina Salvadorga qarshi jang qildi.
Prof boks qoidalari asosida 3 daqiqadan 5 raundga mo‘ljallangan mazkur to‘qnashuv to‘liq davom etdi. -51 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi barcha raundlarda raqibidan to‘liq ustun keldi va hakamlarning yakuniy qarori bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hasanboy ushbu g‘alabasi orqali 10 ming dollar pul mukofoti va IBA'ning maxsus chempionlik kamariga ham ega chiqdi.
Shuningdek, bugun Hasanboydan tashqari yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi, Mujibillo Tursunov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevlar ham turnir g‘olibligi uchun bahs olib boradi. Ular quyidagi raqiblarga qarshi jang qladi.
-63 kilogramm vazn toifasida Mujibillo Tursunov (O‘zbekiston) – Muhammadsobir Bazarbay Uulu (Qozog‘iston);
-71 kilogramm vazndagi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (O‘zbekiston) – Dulat Bekbauov (Qozog‘iston).
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar