Hasanboy Dösmatov IBA.PRO çempionlik kamari uçun jang qiladi
Sport
−
15:25 459 1 daqiqa
Ikki karra Olimpiya çempioni Hasanboy Dösmatov joriy yilning 4 dekabr kuni Turkiyaning Istanbul şahrida IBA.PRO çempionlik kamari uçun ringga kötariladi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) ma’lum qildi.
52,2 kilogramm vazn toifasidagi 10 raundlik jang “Sinan Erdem” sport arenasida Prezident kubogi final bosqiçi doirasida ötkaziladi. Uşbu bahsda Dösmatovga filippinlik Roderik Bautista raqiblik qiladi.
Rio-2016 va Parij-2024 Olimpiya öyinlari ğolibi Hasanboy Dösmatov Özbekistonning eng mahoratli boksçilaridan biri hisoblanadi. Endi u öz yutuqlari qatoriga IBA.PRO çempionlik kamarini ham qöşişga harakat qiladi.
Çempionlik jangi joriy yilning 27 noyabridan 4 dekabriga qadar bölib ötadigan ilk IBA Prezident kubogining yakuniy dasturiga kiritilgan.
Musobaqa havaskor va professional boksçilarni yagona sport yölida birlaştirişga qaratilgan yangi xalqaro platforma – IBA Elite loyihasi doirasida bölib ötadi.
Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 3 million dollarni taşkil etadi. Erkaklar örtasida 12 ta vazn toifasida bahslar ötkaziladi. Ğoliblar 100 ming dollar, kumuş medal sohiblari 50 ming dollar, bronza medal sohiblari esa 25 ming dollardan mukofot oladi.
Live
Barchasi