Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik bokschiga qarshi jang qiladi

Sport

image

Havaskor boksda Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov 15 iyul kuni ispaniyalik bokschiga qarshi jang qiladi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning 15 iyul kuni Tailandning Puket shahrida IBA Champions' Night (Chempionlar oqshomi) turniri bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston vakili Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Martin Molina Salvadorga qarshi jang qiladi.

Musobaqada 5 karra Jahon chempioni va 2 karra Olimpiya chempioni kubalik Xulio La Kruz hamda uning hamyurti Arlen Lopezning ishtiroki ham tasdiqlangan. Mazkur turnirda prof boks qoidalariga asoslangan umumiy 7 ta to‘qnashuv, erkaklar o‘rtasida 3 daqiqalik 5 raundli, ayollar o‘rtasida esa 2 daqiqalik 5 raundli bahslar tashkil etiladi.

Shuningdek, o‘sha kuni Hasanboydan tashqari yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi, Mujibillo Tursunov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevlar ham turnir g‘olibligi uchun bahs olib boradi. Ular quyidagi raqiblarga qarshi jang qladi.

-63 kilogramm vazn toifasida Mujibillo Tursunov (O‘zbekiston) – Xunatip Pidnuch (Tailand):
-71 kilogramm vazndagi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (O‘zbekiston) – Dulat Bekbauov (Qozog‘iston).

Ma’lumot uchun, 2022 yilning dekabr oyida Abu-Dabi mezbonligida bo‘lib o‘tgan IBA Champions' Night turnirida g‘olib sportchilar 30 ming dollardan pul mukofotiga ega chiqqandi. Bu safargi musobaqaning mukofot jamg‘armasi esa hozircha ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Hasanboy Do'smatov Martin Molina Sal'vador

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made