Bugun Toshkentda 12 soat davomida uzluksiz qor yog‘adi

Bu qiziq

image
O‘zbekistonning ayrim hududlarida  havo harorati -16 darajagacha tushadi north_east

O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati -16 darajagacha tushadi

Bugun, 18 fevral kuni Toshkent shahrida kuchli qor yog‘ishi va u kamida 12 soat davom etishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik me’yordan oshadi.

Bildirilishicha, qor yog‘ishi oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish uchun hokimlik xizmatlari, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar shay holatga keltirilgan.

Shuningdek, fuqarolardan zaruratsiz uydan chiqmaslik, shaxsiy transport vositalaridan foydalanishni minimallashtirish va harakatlanish uchun jamoat transportidan foydalanish so‘ralgan.

“Qor va muz massalari tushishi mumkin bo‘lgan ko‘p qavatli binolardan saqlanishni, quloqchin taqqan holda tashqariga chiqmaslikni so‘raymiz – bu yaqinlashib kelayotgan mashina yoki qor tushishini eshitmay qolishingizga olib kelishi mumkin. Avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslikni, elektr yoki gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda Markaziy dispetcherlik xizmatiga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ob-havo qor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing