O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati -16 darajagacha tushadi
Bu qiziq
−
17 fevral
26157O‘zgidromet 18-20 fevral kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq; Ustyurtda kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 19-20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 11-16 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 18 va 20 fevralda 0-5 daraja iliq, 19 fevralda 3 daraja sovuq -2 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 19 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 fevralda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq; 19-20 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 19 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 19 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 20 fevralda kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 20 fevraldaba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 fevralda kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 19-20 fevralda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-20 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 19-20 fevralda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.