Bugun Toshkentda 116 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyun kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tuzalganlarning 9 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 59 yoshda, eng kichigi esa 20 yoshda. Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2567 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun O‘zbekistonda 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4685 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 72 nafar va shahar 1-son klinik shifoxonasida 15 nafar bemor соғайгани haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing