Bugun nimalarni ko‘rdik, eshitdik, gapirdik?
Jamiyat
−
30 Sentabr 2019
5063Makka va Madina oralig‘idagi vokzalda yirik yong‘in yuz berdi
Kecha, 29 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi markaziy temir yo‘l vokzalida kuchli yong‘in yuz berdi. Natijada 5 kishi jabrlandi.
Futbol yulduzi Habibni “jangga” chorladi
AQSHning “Los-Anjeles Geleksi“ futbol klubi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich yangi "Chellenj" yaratdi. U mazkur chorlovni “MatrixChallenge” deb nomladi. Videoda Zlatanning jang uslublaridan foydalangan holda futbol to‘pini o‘ynayotganini ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek, Ibrohimovich yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovga “jangga" chorladi.
O‘zbekistonda yetishtirilgan tonnalab meva Rossiyadan chiqarib yuborildi
O‘zbekistondan Rossiyaga sotish uchun olib borilgan mevalar mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. 19 tonnadan ortiq ho‘l mevani olib ketayotgan yuk mashinasi Rossiyaning Samara va Tolyatti shaharlari orasida “Rosselxoznadzor”ning Samara viloyati boshqarmasi va bojxonachilar tomonidan to‘xtatilgan.
Yevro va rubl kursi pasaydi, dollar esa o‘sishda davom etyapti
1 AQSH dollari 9446,65 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 22,11 so‘mga qimmatladi. 1 yevro kursi esa 50,27 so‘mga arzonlab, 10332,75 so‘mni tashkil etdi. Rubl kursining qiymati ham 1,08 so‘mga arzonlashib, 1 rubl 146,19 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Shuhrat G‘aniyev sudsiz jazolashni yo‘lga qo‘ydi...mi?
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev o‘tgan hafta boshida o‘tgan selektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqining audio yozuvi e’lon qilindi. Audioyozuvda hokim selektor yig‘ilishida Rishtonda gologrammasiz diniy kitob sotayotganda qo‘lga tushganlarni 5 sutkadan qamashni buyurganini eshitish mumkin. Shuningdek, u hokim orqali sudyalarga ham topshiriq bergan.
Ro‘molini olib, og‘zingga tiqib qo‘yaman – farg‘onalik vallomat
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev viloyatdagi ish joylarida namoz o‘qishga sharoit yaratiladigan holatlar aniqlansa o‘sha korxona rahbariga jinoyat ishi ochilishini ma’lum qildi. Bu haqda viloyat hokimi boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida yozib olingan audioyozuvda aytib o‘tilgan. Shuningdek, audioyozuvda Shuhrat G‘aniyev oldida kim bo‘lishidan qat’i nazar, ro‘mol o‘rab olgan ayolga ko‘zi tushsa uning ro‘molini o‘sha tuman hokimi og‘ziga tiqib qo‘yish bilan tahdid qilganini eshitish mumkin. Yig‘ilishda hokim hijob madaniyatiga rioya etmayotgan ayollar aniqlanib, 300 nafarining tashqi qiyofasi o‘zgartirilganini hisobot bergan. Farg‘ona viloyat hokimi viloyatga kelgan mehmonlarning ham soqolini olishni talab qilgan.
Senat farg‘onalik “vallomat” masalasini ko‘rib chiqadi
Bir necha kundirki ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning yig‘ilishda soqol, ro‘mol masalasida bildirgan fikri muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Viloyat hokimi va bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining bunday harakati yuqori palata komissiyasida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi.
Messi “Inter”ga qarshi o‘yingacha tiklanishi mumkin
Ispaniyaning "Barselona" klubi yetakchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi doirasida "Inter"ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvgacha jarohatdan tiklanishi mumkin.
Rasman: Shuhrat G‘aniyev ishdan olinmadi, qat’iy ogohlantirildi
QALAMPIR.UZ manbasining xabar qilishicha, bugun, 30 sentyabr kuni Oliy Majlisi Senatining yig‘ilishida Farg‘ona viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G‘aniyev masalasi ko‘rib chiqildi. Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev senatorlar qarshisida aybini tan oldi, unga qattiq ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berildi.
Ertadan pensiyalar oshirilmoqda
Qirg‘izistonda ertaga, 1 oktyabrdan boshlab yana pensiya miqdorini oshirish kutilmoqda. Qayd etilishcha, har yili Hukumat pensiyalarni indeksatsiyalashni amalga oshiradi. Natijada, pensiya miqdori 4 ming 883 somdan oshmaydigan pensiyalar eng kami 300 somga oshadi va hajmi 4 ming 883 som bo‘lgan yoki undan ko‘p bo‘lgan pensiyalar eng kam miqdori 320 so‘mga oshadi.
O‘tinib kechirim so‘rayman! – G‘aniyev (video)
Bugun, 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglament va odob komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi – senator Shuhrat G‘aniyev o‘tkazgan yig‘ilishdagi nutq muhokama qilindi. Yig‘ilishni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi. Yig‘ilishda senatorlar va komissiya a’zolari Shuhrat G‘aniyevga chora ko‘rish kerakligini talab qildi. Komissiya majlisi Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ham ishtirok etdi. U ham so‘zga chiqib, aybini tan olishini aytdi.
Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari bo‘ladi
Bugun, 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish hamda sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mahmud Murodovning debyut jangidan olgan daromadi ma’lum qilindi
Bugun, 30 sentyabr kuni Mahmud Murodovning ushbu jangdan qancha gonorar olgani e’lon qilindi. Murodov ilk jangi uchun kafolatlangan 10 ming dollar, shuningdek, bahsda g‘alaba qozongani uchun yana 10 ming dollarga ega bo‘ldi. "Rebook" bilan imzolangan shartnoma uchun qo‘shimcha 3 ming 500 dollarga ega chiqdi.
Bokschilarga “Prezident sovg‘asi” – avtomobillar topshirildi
Bugun, 30 sentyabr kuni poytaxt Toshkentdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida bokschilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi Ochilbay Ramatov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ishtirok etdi. Tadbirda jahon chempionati qahramonlariga “Prezident sovg‘asi” – avtomobillar taqdim etildi. Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga Chevrolet Trecer avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Ro‘zmetovga Chevrolet Gentra, Bobousmon Baturovlarga Nexia-3 avtomobillari kaliti topshirildi.
Senatdagi tarixiy majlis va uning “tarixiy qahramoni” G‘aniyev haqida Iqbol Mirzo nima deydi?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Reglament va odob komissiyasi yaqin o‘rtada senatorlarning xatti-harakatlari va muomala madaniyati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmagan edi. Bunday yig‘ilish balki Senat tarixida ilk bor bugun, 30 sentyabr kuni o‘tkazilgan va uning “tarixiy qahramoni” Shuhrat G‘aniyev bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Har holda senator Iqbol Mirzo Senatning bunday majlisi ilk bor o‘tkazilayotganini aytdi. “Necha yildan buyon shu komissiyaning raisi bo‘lsam, birinchi marta bunday qamrovda masala ko‘rib chiqilyapti. Ilgari biror hududdan shikoyat bo‘lsa, joyiga chiqib, masalani o‘rganib, chorasini ko‘rib kelardik. Bugungi yig‘ilishimiz – ogohlik bonggi”, deydi Iqbol Mirzo.
Toshkent viloyatida besh yuzga yaqin xonadon gazsiz qoldi
Zangiota tumani "Turkiston" MFY va "Bog‘ishamol" MFY hududida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha olib borilayotgan yer qazish ishlari vaqtida yer ostidagi gaz quvuriga shikast yetkazilgan. Natijada hududdagi jami 492 ta aholi xonadonlarida 2019 yil 30 sentyabr soat 10:00dan boshlab nosozlik bartaraf etilgunga qadar tabiiy gaz ta’minoti tezkor ravishda vaqtincha to‘xtatildi.
LiveBarchasi